Bugun 13 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Rim papasi Lev XIV: "Men siyosatchi emasman. Mening vazifam — tinchlikni targ‘ib qilish"

Rim papasi Lev XIV: "Men siyosatchi emasman. Mening vazifam — tinchlikni targ‘ib qilish"

Rim papasi Tramp bilan bahslashish niyati yo‘qligini ma’lum qildi.

Lev XIV Aljirga ketayotgan samolyot bortida jurnalistlar bilan suhbatda Donald Tramp bilan debatlarga kirishmasligini bildirdi.

"Men siyosatchi emasman. Mening vazifam — tinchlikni targ‘ib qilish", — deya ta’kidladi pontifik.

Avvalroq Donald Tramp o‘zining Truth Social tarmog‘ida papani "radikal so‘llar"ga yon bosishda va Eron hamda Venesuela masalasida "dahshatli" tashqi siyosat yuritishda ayblagan edi.

Tramp, shuningdek, agar u Oq uyda bo‘lmaganida, Lev XIV Vatikanda bo‘lmasligini da’vo qilib, papani yadro quroli va jinoyatchilikka qarshi kurashda "kuchsiz" deb atagan edi.

Kiritildi: Bugun 17:40. O'qildi: 563 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!