Bugun 6 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Qurilish inspeksiyasidan ogohlantirish!

Qurilish inspeksiyasidan ogohlantirish!

Qurilish inspeksiyasi qurilish ob’ektlaridan chiquvchi texnika vositalarini maxsus yuvish joylarida yuvmasdan hududdan olib chiqish taqiqlanishini eslatdi. Talablarga amal qilinmasa, jarima qo‘llanishi va ishlar vaqtincha to‘xtatilishi mumkin.

Qayd etilishicha, qurilish ob’ektidan chiqayotgan barcha texnika vositalari ob’ektda belgilangan maxsus yuvish joylarida yuvilgan holda hududdan chiqarilishi shart. Bu talab atrof-muhitni muhofaza qilish, shahar ko‘chalarining ifloslanishini oldini olish hamda sanitar holatga salbiy ta’sir ko‘rsatilishini bartaraf etishga qaratilgan.

Ma’lumotga ko‘ra, mazkur talablarga rioya etilmagan taqdirda, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 99-moddasi asosida:

  • jismoniy shaxslarga — BHMning 30 baravari;
  • mansabdor shaxslarga — BHMning 70 baravari miqdorida jarima tayinlanadi.

Shuningdek, ushbu talablarni bajarmaslik qurilish ob’ektida olib borilayotgan ishlarini vaqtincha to‘xtatib qo‘yish uchun ham yetarli asos bo‘lishi mumkin.

Inspeksiya fuqarolarni bunday qonunbuzilish holatlariga duch kelganda 71-200-69-02 raqamli koll-markazga xabar berishga chaqirdi.

Kiritildi: Bugun 15:35. O'qildi: 363 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!