Bugun 3 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Qurilish chiqindilarini qayta ishlash va utilizasiya qilish tashkil etiladi

 Qurilish chiqindilarini qayta ishlash va utilizasiya qilish tashkil etiladi

📙 Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 fevraldan:

🔸 buyurtmachilar va ishlab chiqaruvchilarga tegishliligi bo‘yicha qurilish ob’ekti va ishlab chiqarish korxonalarida xavfliligi aniqlangan, muomaladan chiqarishga majburiy ko‘rsatma berilgan qurilish materiallarini qurilish chiqindilarini qayta ishlashga ixtisoslashgan korxonalar yoki chiqindi poligonlariga shartnoma doirasida yuborish majburiyati yuklanadi;

🔸 Qurilish nazorati inspeksiyasi va Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan mazkur majburiyatni bajarishni talab qilish bo‘yicha beriladigan majburiy ko‘rsatmalar Ekologiya qo‘mitasining Situasion markaziga integrasiya qilinadi.

📜 2026 yil 1 iyundan qurilish chiqindilarini takroriy foydalanish, qayta ishlash yoki utilizasiya qilishga yo‘naltirishning quyidagi tartibi joriy etiladi:

🔹 qurilish ishlari bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda qurilish jarayonida hosil bo‘ladigan qurilish chiqindilari hajmini va ularni to‘plash joylarini belgilash, shuningdek, ular bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish bo‘yicha loyihaviy yechimlar nazarda tutilishi majburiy hisoblanadi;

🔹 qurilish chiqindilarining atmosfera havosiga ta’sirining oldini olish maqsadida buyurtmachi tomonidan amaldagi shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq chang va yoqimsiz hidlarni bartaraf etish choralari ko‘riladi.

Kiritildi: 19:35 02.12.2025. O'qildi: 219 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!