Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Qurbon hayit arafasida qo‘y narxi oshadimi?

A A A
Qurbon hayit arafasida qo‘y narxi oshadimi?

Qurbon hayitidan oldin qo‘y narxi oshadimi? Sputnik muxbiri ushbu savol bilan Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish ko‘mitasiga murojaat qildi.

Qo‘mita matbuot kotibi Anvar Suyunov aytishiga ko‘ra, Qurbon hayiti arafasida bozorlarda qo‘y narxi biroz oshishi mumkin, lekin bu o‘sish qisqa muddatli bo‘ladi.

“Qurbon Hayiti arafasida qo‘yning narxi biroz ko‘tarilishi mumkin, davomiyligi 3 kungacha lekin bu butunlay emas. Sababi yoz fasli bu yil har qachongidan issiqroq kelmoqda. Qo‘y go‘shti “issiqlik” bo‘lgani uchun odamlar ko‘p iste’mol qilishmaydi. Hayit kunlari ham kam iste’mol qilinishi mumkin. Tirik qo‘yning narxi uning go‘shtiga bo‘lgan talabdan kelib chiqadi”, - dedi mutaxassis.

Malumot uchun, hozirda qo‘y go‘shtining Toshkent bozorlarida 80-100 ming so‘mgacha, Nukus bozorlarida 60-65 ming so‘mgacha, boshqa viloyatlarda o‘rtacha 70-80 ming so‘mgacha sotilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Qurbon hayit 28 yoki 29 iyunga to‘g‘ri kelishi taxmin qilinmoqda.

Kiritildi: 23:56 31.05.2023. O'qildi: 3936 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!