Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Qo‘qonda ventilyator talashish oqibatida ota o‘z o‘g‘lini pichoqlab qo‘ydi

Qo‘qonda ventilyator talashish oqibatida ota o‘z o‘g‘lini pichoqlab qo‘ydi

Qo‘qonlik shartli ismi Botir bo‘lgan shaxs ishdan qaytgandan so‘ng uyda ventilyator shabadasida dam olishni istaydi. Ammo bu vaqtda uning o‘g‘li Suhrob ham salqinda dam olishni ko‘zlab turgandi.

Suhrob ventilyatorni qo‘shni xonaga olib chiqib ketadi. Natijada janjal boshlanadi va o‘g‘il o‘z otasiga qo‘l ko‘taradi. Oxir-oqibat Botir o‘g‘liga pichoq uradi.

«Nafsoniyatimga tekkani uchun, bir musht urgani va bo‘g‘ib olgani uchun men shu ishni qildim, unga tan jarohati yetkazdim», — deydi Botir.

Xabar qilinishicha, Botir o‘g‘lining qorniga bir marta va ko‘kragining chap qismiga ikki marotaba oshxona pichog‘i bilan zarba bergan. Ko‘rsatilgan tez tibbiy yordam natijasida Suhrobning hayoti saqlab qolingan, ammo ahvoli og‘ir, ayni vaqtda Qo‘qon shahridagi markaziy shifoxonada shifokorlar nazoratida.

Fuqaro Botirga nisbatan jinoyat kodeksining 104-moddasi, 1- qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakati olib borilmoqda.

Kiritildi: 20:45 18.07.2019. O'qildi: 2825 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!