16 fevral kuni soat 21:18 da Qo‘qon shahri “Muqimiy” ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyda gaz-havo aralashmasi chaqnashi sodir bo‘ldi.
Yong‘in-qutqaruvchilar 7 daqiqada yetib borib, yong‘inni qisqa fursatda bartaraf etdi. Hodisa natijasida 4 nafar fuqaro turli darajada kuyish jarohati oldi.
Afsuski, shifokorlar sa’y-harakatlariga qaramasdan 1 nafar fuqaro vafot etgan.
Hozirda hodisa sabablari o‘rganilmoqda.