Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Qo‘qonda ishlab chiqarish korxonasida yong‘in chiqdi

A A A
Qo‘qonda ishlab chiqarish korxonasida yong‘in chiqdi

22 sentyabr kuni soat 04:24 da Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahri, A.Navoiy ko‘chasida joylashgan ishlab chiqarish korxonasida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 13 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 04:26 da yetib borib, yong‘in soat 06:20 da qurshab olingan va soat 07:20 da bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida korxona binosining taxminan 300 kv.m maydonida tom qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inni kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi FVB xabarida.

Kiritildi: 10:51 22.09.2022. O'qildi: 1467 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!