Qo‘qon shahar. 2022-yilning 26 iyul kuni G‘.S Farobiy ko‘chasida joylashgan savdo kompleksiga kirish joyida T.V ismli ayolning ishonchiga kirib, 100 AQSh dollarini 1 120 000 so‘mga ayriboshlab berishligini yolg‘ondan aytib, kelishilgan 1 120 000 so‘m pulidan 300 000 so‘mini jabrlanuvchiga sezdirmasdan olib, firibgarlik yo‘li bilan 100 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan.
Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.