Bugun 25 noyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Qo‘qon hokimligi «Katta» qabristoni haqidagi xabarga munosabat bildirdi

Qo‘qon hokimligi «Katta» qabristoni haqidagi xabarga munosabat bildirdi

Qo‘qon shahridagi «Katta» qabriston devori holati yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabar yuzasidan Qo‘qon shahar hokimligi munosabat bildirdi.

Xabarlarda qabriston devorlari nurab qulay deb qolgani, hatto jasadlar suyagi ko‘rinib qolgani aytilgan. Shuningdek, qabristonga chegaradosh yerda mahalla bolalari o‘ynashi, ularni devor bosib qolishidan odamlar xavotirda ekanligi bildirilgan.

Qayd etilishicha, shu yilning 18 oktyabr kuni, soat 03:20 larda 18-MFY hududida joylashgan «Katta» qabristonning Mehnatobod ko‘chasi bilan tutash bo‘lgan tomonining taxminan 6-7 metr uzunlikdagi qism fundamenti deformasiyasi natijasida qulab tushgan.

Shu kuniyoq qabriston ma’muriyati jamoatchilik bilan birgalikda qulab tushgan devor atrofini tozalab, tiklash ishlarini boshlab yuborgan.

Hozirda devorni tiklash ishlari davom etmoqda. Qabr va sag‘analarga ziyon yetmagan.

Kiritildi: 18:25 23.10.2019. O'qildi: 4519 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!