Bugun 23 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

“Qo‘qon” EIZ hududi kengaytiriladi

“Qo‘qon” EIZ hududi kengaytiriladi

“Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasining hududini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-250-son, 10.07.2024 y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida import o‘rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil qilish maqsadida, Quvasoy shahri hokimligi zaxirasidagi jami 210,4 gektar yer uchastkalari hisobiga “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi (“Qo‘qon” EIZ) hududi kengaytiriladi.

📜 “Qo‘qon” EIZning kengaytirilayotgan hududining bosh rejasi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi, bunda:

➖“Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” unitar korxonasi bosh rejani ishlab chiqishda buyurtmachi tashkilot etib belgilanadi;

➖bosh reja loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha loyiha tashkiloti tender (tanlov) savdolari natijasiga ko‘ra aniqlanadi.

🗓 2026 yil oxirigacha “Qo‘qon” EIZning kengaytirilayotgan hududida kamida 1 mlrd AQSh dollari miqdorida investisiyalar o‘zlashtirilishi, 11,7 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi, yiliga 965 mln AQSh dollari miqdorida qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarish, shundan 313,6 mln dollarini eksportga yo‘naltirish bo‘yicha quvvatlar ishga tushirilishi ta’minlanadi.

Kiritildi: 15:36 10.07.2024. O'qildi: 972 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!