Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qo‘qon Butunjahon hunarmandlar shaharlari ro‘yxatiga kiritildi

Qo‘qon Butunjahon hunarmandlar shaharlari ro‘yxatiga kiritildi

Joriy yilning 13 sentyabr kuni Xalqaro amaliy san’at festivali doirasida Butunjahon hunarmandlarining Osiyo-Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha kengashi rahbari Gada Kaddumi xonim Qo‘qon hokimi M’ruf Usmonovga shaharning Butunjahon hunarmandlar shaharlari ro‘yxatiga (o‘ymakorlik yo‘nalishi bo‘yicha) kiritilgani to‘g‘risidagi sertifikatni topshirdi. Bu hada Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rasmiy xabar bermoqda.

Ushbu quvonchli hodisaga bag‘ishlangan tadbirda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov, “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev, vazirlik va idoralar, mahalliy va xorijiy OAV vakillari ishtirok etdi.

Kaddumi xonim o‘z nutqida yig‘ilganlarga xalq-amaliy san’atini qo‘llab-quvvatlayotganliklari hamda xalq-amaliy san’atni rivojlantirish davlat dasturiga kiritganliklari uchun samimiy minnatdorchilik bildirdi.

 “Fursatdan foydalanib O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga xalq-amaliy san’atini qo‘llab-quvvatlayotganliklari hamda unga alohida e’tibor qaratayotganliklari uchun ulkan tashakkurimni izhor qilaman. O‘z madaniyat va san’atini jahon hamjamiyati oldida namoyish etish – ona vatanga bo‘lgan muhabbat va haqiqiy vatanparvarlikdan dalolat beradi. Xalq-amaliy san’atining O‘zbekiston hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi Butunjahon hunarmandlarining Osiyo-Tinch okeani mintaqasi kengashi faoliyatiga bo‘lgan ehtirom hamda umumiy maqsad va vazifalarni e’tirof etish belgisidir”, – dedi Kaddumi xonim.

Butunjahon hunarmandlar shaharlari ro‘yxatiga 2014 yilda asos solingan va bugunga kelib, undan dunyoning 36 shahri o‘rin olgan. Ta’kidlash joizki, Qo‘qon Markaziy Osiyo mamlakatlari kesimida Butunjahon hunarmandlar shaharlari ro‘yxatiga kiritilgan birinchi shahar bo‘ldi. 

 

 

Kiritildi: 15:55 14.09.2019. O'qildi: 2192 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!