Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Qrimda muhojirlarga bir qator sohalarda ishlash taqiqlandi

Qrimda muhojirlarga bir qator sohalarda ishlash taqiqlandi

Yoqutistondan keyin Qrim ma’muriyati ham bir qator sohalarda chet el fuqarolarini ishga olishni taqiqlashga qaror qildi, deya xabar bermoqda Islam News.

Respublika rahbari Sergey Aksenovning so‘zlariga ko‘ra, cheklovlar olti oy davomida amal qiladi va iqtisodiy faoliyatning 35 turiga ta’sir qiladi.

Gap transport, savdo, qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish, ta’lim, axborot texnologiyalari, ommaviy axborot vositalari, sport va dam olish kabi sohalar haqida bormoqda.

Uning ta’kidlashicha, ushbu chora mehnat migrasiyasi sohasida tartibni tiklashga qaratilgan.

Qarorga ko‘ra, Qrimdagi muhojirlarga berilgan vaqtinchalik mehnat patentlarida «kasb» bandi bo‘ladi.

Avvalroq Novosibirsk viloyatida muhojirlarning savdo (ichimliklar va tamaki sotish) va shaxsiy transportda ishlash huquqi (taksichilik), Samara viloyatida – jamoat transporti, ta’lim sohalarida ishlash hamda taksichilik qilish cheklangan edi. Fevral oyida esa Yoqutiston hukumati mehnat muhojirlariga taksichilik, yuk tashish, kuryerlik va omborxona faoliyati kabi turli sohalarda ishlashni taqiqladi.

Kiritildi: 14:29 16.04.2024. O'qildi: 558 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!