Bugun 16 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

QR-kodlar orqali to‘lovlarni amalga oshirish tartibi tasdiqlandi

QR-kodlar orqali to‘lovlarni amalga oshirish tartibi tasdiqlandi

Adliya vazirligi yagona QR-kodlar bo‘yicha idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3817, 15.04.2026 y.).

📝 Mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 10 dekabrdagi PF–246-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilindi.

✍️ Eslatib o‘tamiz, ushbu Farmon bilan barcha savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi yuridik shaxslar uchun bosqichma-bosqich yagona QR -kod orqali to‘lovlarni qabul qilish tizimi joriy etilishi belgilangan.

📑 Unga ko‘ra, QR-kod orqali to‘lovlarni amalga oshirishning yagona tartibi hamda yagona QR-kod tizimi ishtirokchilarining vazifalari belgilandi.

📜 Yagona QR-kod – foydalanuvchilarga istalgan bank yoki to‘lov tashkilotining mobil ilovasi orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi.

✅ Mazkur qoidalar quyidagilarni nazarda tutadi:

▫️ QR-kodlar statik va dinamik turlarga ajratiladi;
▫️ barcha to‘lov tizimlarining yagona QR-kod tizimi orqali o‘zaro integrasiyasi ta’minlanadi;
▫️ QR-kod tizimi operatori tomonidan to‘lovlar haqidagi ma’lumot va hisob-kitoblarlar avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi va real vaqt rejimida QR-kod tizimi ishtirokchilariga yetkaziladi;
▫️ QR-kod tizimi doirasida mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmati va murojaatlarning holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuklab olish imkoniyati yaratiladi.

📁 Qoidalarga ko‘ra, har bir foydalanuvchiga mobil ilovalar orqali QR-kodni skanerlash, to‘lov summasini tasdiqlash va har bir operasiya bo‘yicha onlayn ma’lumotnoma olish va tranzaksiyalar tarixi bilan tanishish imkoniyati taqdim etiladi.

Kiritildi: Bugun 18:22. O'qildi: 242 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!