Bugun 11 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

Qozog‘istonning Shimkent shahrida «Qora beva» deb nomlangan qoraqurt o‘rgimchagi chaqishi tufayli 25 kishi jiddiy jabr ko‘rdi…

A A A
Qozog‘istonning Shimkent shahrida «Qora beva» deb nomlangan qoraqurt o‘rgimchagi chaqishi tufayli 25 kishi jiddiy jabr ko‘rdi…

O‘rgimchakning bu turi asosan yoz oylarida faollashadi. Mana, bu yil bir yarim oy davom etgan yozning o‘zida qora beva qoraqurt o‘rgimchagi chaqishi tufayli shahar bo‘yicha 25 kishi kasalxonaga yotqizildi. Ularning to‘rt nafari voyaga yetmagan bolalar hisoblanadi. Jabrlanganlarning aksariyati og‘ir ahvolda ekani haqida xabar qilingan.

Qoraqurt o‘rgimchagining zahari tarkibida katta miqdorda neyrotoksinlar mavjudki, bu zahar o‘limgacha olib boradi. Bu o‘rgimchak odamni chaqqanda, chaqqan yerida zahar qoladi va favqulodda kuchli og‘riq paydo bo‘ladi, jabrlanuvchining isitmasi keskin ko‘tarilib ketadi. Agar o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, bu o‘limga olib borishi hech gap emas.

Lekin qoraqurt o‘rgimchagining urg‘ochisigina agressiv xarakterga ega. Erkak o‘rgimchaklar o‘ta bosiq bo‘lib, ular tirik jonzotlarga hujum qilmaydi. Urg‘ochi ham o‘z bolalarini asrash niyatida tirik jonzotlarni chaqishga majbur bo‘ladi. Urg‘ochi o‘rgimchak erkagiga nisbatan yirikroq bo‘ladi. Ularning umumiy hajmi 6 santimetrgacha yetadi.

Qoraqurt o‘rgimchagi urg‘ochisini g‘azablantirmagan ma’qul. G‘azablansa, har qanday yo‘l bilan ham albatta chaqib odamni zaharlaydi.

«Qora beva» qoraqurt o‘rgimchagi chaqqandan keyingi belgilar:

Jazavaga tushish;

Oyoq-qo‘l tomirlari tortisha boshlashi;

Terga botish;

Kuchli bosh og‘rig‘i;

Og‘iz bo‘shlig‘ida kuchli og‘riq paydo bo‘lishi;

Nafas siqa boshlashi;

Tana haroratining ko‘tarilib ketishi;

Aritmiya.

Kiritildi: 23:22 10.07.2018. O'qildi: 20813 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!