Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Qozog‘istonning barcha shaharlarida ayollar polisiya bo‘limlari ochiladi

Qozog‘istonning barcha shaharlarida ayollar polisiya bo‘limlari ochiladi

Yaqin kunlarda Qozog‘istonning barcha shaharlarida ayollar polisiya bo‘limlari ochiladi. Bu haqda Qozog‘iston Majlisi raisi Erlan Koshanov Markaziy Osiyo mamlakatlari ayollari muloqoti xalqaro konferensiyasida ma’lum qildi.

Koshanov Qozog‘istonda so‘nggi ikki yilda ayollarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha inspektorlar soni ikki baravar ko‘payganini ta’kidladi.

«Ba’zida ayolni faqat ayol tushunadi. Shu bois ayollar va voyaga yetmaganlarga nisbatan zo‘ravonlik jinoyatlarini tergov qilishda ayol tergovchi kasbini joriy qildik», dedi spiker.

Unga ko‘ra, respublika bo‘yicha tergov guruhlariga 280 nafar ayol tergovchi kiritilgan.

«Qozog‘istonda birinchi marta tajriba rejimida faqat ayollardan iborat polisiya bo‘limi tashkil etildi. Endi ayollar o‘z muammolari bilan bunday bo‘limlarga bemalol kelishi va himoya so‘rashi mumkin. Yaqin kelajakda bu tajriba butun mamlakat bo‘ylab yoyiladi», dedi Koshanov.

Bundan tashqari, spiker nafaqat zo‘ravonlik oqibatlari bilan kurashish, balki uning ehtimolini oldini olish zarurligini ta’kidladi.

«Bizga to‘g‘ri mafkura kerak. Oilada erkakning to‘liq hukmronligi haqidagi noto‘g‘ri g‘oya o‘tmishda qolishi kerak. Yosh avlod ongiga maktabdan to‘g‘ri qadriyatlarni singdirish kerak. Aholida huquqiy madaniyatni shakllantirish kerak. Maishiy vandalizmning har qanday ko‘rinishlariga murosasiz bo‘lish kerak», dedi u.

Kiritildi: 09:09 05.12.2023. O'qildi: 944 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!