Qozog‘istonlik tadbirkor Timur Turlov Xalqaro shaxmat federasiyasi (FIDE) prezidenti etib saylandi.
Samarqand shahrida o‘tkazilgan FIDE prezidentlik saylovida Turlov delegatlarning 110 ta ovozini qo‘lga kiritib, tashkilot rahbari lavozimiga saylandi.
Ma’lumot uchun, Timur Turlov 2022 yilda Rossiya fuqaroligidan voz kechib, Qozog‘iston fuqaroligini olgan. U 2023 yildan buyon Qozog‘iston shaxmat federasiyasiga rahbarlik qilib kelayotgan edi.
Forbes ma’lumotiga ko‘ra, Turlovning boyligi 7,5 milliard dollarga baholanadi.