Bugun 5 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Qozog‘istonlik bolalarning ahvoli barqaror

Qozog‘istonlik bolalarning ahvoli barqaror

2 noyabr kuni ombudsman vakillari bolalar davolanayotgan shifoxonaga borib, ularning ahvoli bilan tanishgan.

3 noyabr holatiga ko‘ra, shifoxonada 18 nafar bemor, jumladan, 12 nafar bola va 6 nafar katta yoshli shaxs stasionar davolanmoqda. Ularning ahvoli barqaror deb baholanmoqda

Ta’kidlanishicha, Bolalar ombudsmani Qozog‘istondagi hamkasbi bilan doimiy aloqada bo‘lib, zarur choralarni hamkorlikda ko‘rmoqda.

Avvalroq, Toshkentda kasalxonaga yotqizilgan qozog‘istonlik bolalar bilan bog‘liq holat yuzasidan tergov boshlangani ma’lum qilngandi.

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, holat yuzasidan Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Kiritildi: 16:50 03.11.2026. O'qildi: 570 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!