Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida sportcha yurish marafoni natijalari o‘zgardi. Qozog‘iston vakili Yasmina Toksanbayeva diskvalifikasiya qilingach, u qo‘lga kiritgan oltin medal boshqa sportchiga o‘tdi.
Toksanbayeva 42,195 kilometrlik masofani 3 soat 22 daqiqa 20 soniyada bosib o‘tib, marraga birinchi bo‘lib yetib kelgan edi.
Biroq musobaqadan keyin uning natijasi bo‘yicha protest berildi. Qozog‘iston Milliy olimpiya qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, e’tiroz sportchining foydalangan poyabzali bilan bog‘liq bo‘lgan.
Musobaqa rasmiy bayonnomasida qozog‘istonlik atletning natijasi bekor qilingani qayd etildi. Qaror jihozlardan foydalanish bo‘yicha reglament talablari buzilgani bilan izohlangan.
Toksanbayeva keyinchalik ijtimoiy tarmoqda vaziyatga munosabat bildirib, qarordan afsusda ekanini, ammo bu holat uni sportdagi maqsadlaridan qaytarmasligini ta’kidladi.
Uning diskvalifikasiyasidan so‘ng oltin medal xitoylik Danjin Syuy Szunga berildi. Li Ma kumush, Yaponiya vakili Yukiko Umeno esa bronza medali sohibi bo‘ldi.