Bugun 3 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Qozog‘istonlik 11 nafar bola Toshkentda davolanmoqda

Qozog‘istonlik 11 nafar bola Toshkentda davolanmoqda

Futbol turnirida ishtirok etish uchun poytaxtga kelgan bolalar zaharlanish gumoni bilan kasalxonaga yotqizildi. Hozir ularning ahvoli barqaror.

Qozog‘iston bolalar ombudsmani Dinara Zakiyevaga ko‘ra, O‘zbekiston SSV vaziri vaziyatni nazoratga olgan. Bolalar sog‘ayguniga qadar mamlakatda qoladi, boshqa ishtirokchilar esa ota-onalari bilan bugun Qozog‘istonga qaytishi kutilmoqda.

O‘z navbatida, Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Yerali Tug‘janov shifoxonaga tashrif buyurib, bemor bolalarning ahvolidan xabar oldi.

Avvalroq, Toshkentda 15 nafar qozog‘istonlik futbolchi ovqatdan zaharlanish gumoni bilan kasalxonaga yotqizilgani xabar qilingandi.

"Do‘stlik Cup 2026" xalqaro futbol festivalida qatnashish uchun O‘zbekistonga kelgan qozog‘istonlik futbolchilarning ahvoli mehmonxonadagi nonushtadan keyin yomonlashgan.

Kiritildi: Bugun 12:51. O'qildi: 218 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!