Bugun 22 fevral, 2025 yil, shanba

КИР

Qozog‘istonga Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritmaslikka ruxsat berildi

Qozog‘istonga Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritmaslikka ruxsat berildi

Evropa Ittifoqi Qozog‘istonga Rossiyaga qarshi sanksiyalar masalasida hech qanday talab qo‘ymaydi va hukumatning bu masalalarni mustaqil hal qilish pozisiyasini to‘liq hurmat qiladi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus elchisi Devid O‘Sallivan Ostonada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

"Biz hech narsa so‘rayotganimiz yo‘q, Qozog‘istondan biron-bir tovarni eksport qilishni taqiqlashni taklif qilmayapmiz. Bu bizning vakolatimizga kirmaydi. Biz Qozog‘istonda ishlab chiqarilmaydigan, ba’zi kompaniyalar Qozog‘iston orqali import qilib, Rossiyaga sotadigan Yevropa tovarlari haqida gapiryapmiz," - dedi maxsus elchi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, buni sanksiya ostidagi tovarlarning noqonuniy savdosi sifatida baholash mumkin, bunda Qozog‘istonda ishlab chiqariladigan yoki Qozog‘istondan Rossiyaga odatda yetkazib beriladigan tovarlar nazarda tutilmayotganini yana bir bor ta’kidladi.

"Yagona maqsad - sanksiyalarni chetlab o‘tish," - dedi O‘Sallivan.

Kiritildi: 21:24 30.01.2025. O'qildi: 1233 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!