Qozog‘istonning Qizilo‘rda viloyatida Kamaz va Nexia-2 ishtirokida yuz bergan YTHda o‘zbekistonlik uch kishi halok bo‘ldi.
Baxtsiz hodisa bugun, 22 avgust kuni soat 06:47 da Qizilo‘rda viloyatidagi KAZ06 davlat ahamiyatiga ega «Qorabutak — Qizilo‘rda — Chimkent» avtomobil yo‘lining 1831–1836-kilometrlari oralig‘ida, Birqazan tumani hududida sodir bo‘lgan.
To‘qnashuv oqibatida Nexia-2 salonida bo‘lgan O‘zbekistonning 3 nafar fuqarosi voqea joyida vafot etgan.
O‘zbekiston FVV mas’ul vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ishchi guruh tuzib, halok bo‘lganlarning jasadlarini Vatanga olib kelish hamda ularning oila a’zolariga har tomonlama yordam ko‘rsatish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rmoqda.
Vazirlik ma’lum qilishicha, ayni paytda mas’ul xodimlar Qozog‘istonlik hamkasblari bilan doimiy aloqada bo‘lib, YTH sabablarini aniqlash bo‘yicha hamkorlik qilmoqda.