Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Qozog‘istondagi yanvar namoyishlarida O‘zbekiston fuqarolari ham ishtirok etgan

A A A
Qozog‘istondagi yanvar namoyishlarida O‘zbekiston fuqarolari ham ishtirok etgan

Qozog‘iston Bosh prokurori Berik Asilov yanvar oyidagi tartibsizliklarda qaysi chet davlat fuqarolari ham qatnashganini ma’lum qildi. Bu haqda Tengrinews.kz yozmoqda.

"Ommaviy tartibsizliklarda va boshqa jinoyatlarda ishtirok etganlikda gumonlanuvchi sifatida xorijliklar ham aniqlangan. Ular orasida O‘zbekiston, Rossiya, Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari ham bor", — dedi Asilov.

Uning ta’kidlashicha, hibsga olinganlar orasida buzg‘unchi diniy oqimlarning sakkiz nafar tarafdori ham bor.

Ma’lumot uchun, bugun, 5 yanvar kuni Qozog‘iston bosh prokurori Berik Asilov va ichki ishlar vaziri Marat Axmetjanov quyi palatada yanvar voqealari yuzasidan surishtiruvning borishi haqida hisobot bermoqda.

Kiritildi: 13:51 05.01.2023. O'qildi: 2561 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!