Bugun 11 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

Qozog‘istondagi strategik volfram konining 70% ulushi amerikalik investorlarga sotildi

Qozog‘istondagi strategik volfram konining 70% ulushi amerikalik investorlarga sotildi


Qozog‘istonning davlat ishtirokidagi «Tau-Ken Samruq» kompaniyasi «Severniy Katpar» loyihasining 70 foiz ulushini amerikalik investorlarga sotgani ma’lum qilindi.

📊 Kelishuv qiymati — taxminan 114,8 million dollar.

«Severniy Katpar» tarkibida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Severniy Katpar va Yuqori Qayroqtin volfram konlari mavjud.

Xaridor sifatida «Cove Kaz Capital Group» ko‘rsatilmoqda. Uning AQSh sobiq prezidenti Donald Trampning o‘g‘illari — Donald Tramp kichik va Erik Tramp bilan bog‘liq ekani aytilmoqda.

Volfram — yuqori texnologiyalar, mudofaa sanoati va sanoat ishlab chiqarishida keng qo‘llaniladigan strategik metall hisoblanadi.

Kiritildi: Bugun 21:12. O'qildi: 214 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!