Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Qozog‘istondagi 3 nafar o‘zbekistonlik qurbon bo‘ldi

Qozog‘istondagi 3 nafar o‘zbekistonlik qurbon bo‘ldi

Qozog‘istondagi ayanchli YTHda 3 nafar o‘zbeksitonlik qurbon bo‘ldi.

TIV xabariga ko‘ra, 8 sentyabr kuni Qozog‘istonning Turkiston viloyati hududida Chimkent-Samara avtotrassasida yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan. Unda 4 odam jabrlangan.

“2 nafar ayol M.U. va M.M. voqea joyida, Z.S. esa kasalxonada vafot etdi. Davlat raqami 40R988QA bo‘lgan “Nexia” avtomashinasi haydovchisi M.U. O‘rdabasi tumani tez yordam shifoxonasining reanimasiya bo‘limiga joylashtirilgan”, - deyiladi xabarda.

YTH bo‘yicha jinoiy ish ochilib, tergov olib borilmoqda.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tibbiyot muassasa bilan tezkor aloqa o‘rnatgan hamda marhumlarning jasadlarini vatanga yuborish bo‘yicha konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar bilan shug‘ullanmoqda.

Kiritildi: 12:51 09.09.2019. O'qildi: 2067 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!