Bugun 23 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Qozog‘istonda yanvar voqealarida qancha inson halok bo‘lgani ochiqlandi

A A A
Qozog‘istonda yanvar voqealarida qancha inson halok bo‘lgani ochiqlandi

Mamlakat bosh prokuraturasi bu bo‘yicha ma’lumot berdi.

Qozog‘iston bosh prokuraturasi yanvar fojialari qurbonlari ro‘yxatini e’lon qildi.

Unda 238 kishining nomi keltirilgan. Shu bilan birga hozircha ularning necha yoshda bo‘lgani keltirilmagan.

Mart oyida bosh prokuror Berik Asilov tartibsizliklar bo‘yicha barcha o‘rganish ishlari yakunlangandan so‘ng halok bo‘lgan fuqarolar ro‘yxati ochiqlanishini aytgandi. O‘shanda jami qotillik va terrorizm bo‘yicha 46 jinoiy ish doirasida tergov ketayotgani ma’lum qilingan.

Ma’lumot o‘rnida: yanvarning boshida gaz narxi oshishiga qarshi Janao‘zen va Oqtovda boshlangan namoyishlar butun mamlakatda ommaviy tartibsizliklar sodir bo‘lishiga olib keladi. Olma-Ota va boshqa viloyatlarda zo‘ravonlik, marodyorlik va otishmalar holatlari sodir bo‘ldi.

Rasmiy Nur-Sulton namoyishlardan tashqi kuchlar davlat to‘ntarishi uyushtirishda foydalanishga harakat qilganini ta’kidlagan.

Kiritildi: 22:14 16.08.2022. O'qildi: 3559 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!