Bugun 15 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

Qozog‘istonda yangi Konstitusiya loyihasi bo‘yicha referendum boshlandi

Qozog‘istonda yangi Konstitusiya loyihasi bo‘yicha referendum boshlandi

Avvalroq Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakatda parlament islohoti o‘tkazilishini e’lon qilgan edi. Islohot doirasida Qozog‘iston parlamenti ikki palatadan bir palataga aylantiriladi va Qurultoy deb nomlanadi. Unda 145 ta deputatlik o‘rni bo‘ladi.

Bundan tashqari, Qozog‘istonda vise-prezident lavozimi joriy qilinadi. Uni prezident parlament roziligi bilan tayinlaydi.

Saylov uchastkalari soat 7:00 dan 20:00 gacha ochiq bo‘ladi. Qozog‘istonliklar referendum kuni 10 402 ta saylov uchastkasida, shuningdek, Qozog‘iston Respublikasining xorijdagi 54 ta mamlakatdagi vakolatxonalaridagi 71 ta saylov uchastkasida ovoz berishlari mumkin.

Markaziy referendum komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, 38 ta xorijiy davlatdan 133 nafar kuzatuvchi va 11 ta xalqaro tashkilotdan 226 nafar kuzatuvchi akkreditasiyadan o‘tgan. Xalqaro kuzatuvchilarning umumiy soni 359 kishini tashkil etadi.

Kiritildi: Bugun 11:00. O'qildi: 253 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!