Bugun 28 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

Qozog‘istonda xotinini otda sudrab ketgan erkakka nisbatan sud ishi boshlandi

Qozog‘istonda xotinini otda sudrab ketgan erkakka nisbatan sud ishi boshlandi

Qozog‘istonda o‘z xotinini shafqatsizlarcha kaltaklaganlikda ayblanayotgan erkak sudga keldi.

Bu haqda "Kazinform" xabar bermoqda.

Tergovchilarning aniqlashicha, er-xotinlar o‘rtasidagi mojaroga rashk sabab bo‘lgan, natijada ayol og‘ir tan jarohati olgan. Sudlanuvchi janjal davomida mast holatda bo‘lgan.

Sudlanuvchi yopiq sud majlisini o‘tkazishni so‘ragan, biroq uning iltimosi rad etilgan. Keyingi sud majlisi 5 dekabrga belgilangan.

Voqea shu yilning iyul oyida yuz bergan. Oilaviy janjal chog‘ida er xotinini ayovsiz kaltaklagan, so‘ng otga bog‘lab, dasht bo‘ylab sudrab olib ketgan.

Ayol ko‘plab jarohatlar olgan, jumladan, miya shishi va bosh suyagi, oyoq-qo‘llari va tos suyagi singan. Shuningdek, jabrlanuvchida sudralish izlari topilgan. Bemor kasalxonaga yotqizilgan, biroq shifokorlar uni qutqara olmagan.

Erkakka nisbatan badanga og‘ir shikast yetkazish moddasi bo‘yicha ish ochilgan, biroq uning yaqinlari og‘irroq moddani talab qilishgan.

Kiritildi: Bugun 10:40. O'qildi: 523 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!