Bugun 15 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Qozog‘istonda TikTok'ni bloklash taklif qilindi

A A A
 Qozog‘istonda TikTok'ni bloklash taklif qilindi

Bu tashabbus senator Gennadiy Shipovskix tomonidan ko‘tarilgan. Shunday qilib, 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ota-onasining telefonidan ijtimoiy tarmoqqa kirishda Face ID texnologiyasidan foydalangan holda blokirovkalash mexanizmini joriy etish taklif qilinmoqda. Aks holda, senator tushuntirganidek, Qozog‘istonda bu platformani butunlay yopish kerak.

Shu bilan birga, Gennadiy Shipovskix ba’zi mamlakatlar TikTok'ni qisman cheklab qo‘yganining bir qancha sabablarini aytib o‘tdi:

✅Bolalar xulq-atvoriga salbiy ta’sir ko‘rsatishi;

✅ Kiberxavfsizlik

✅ Inson salomatligiga tahdid.

Qozog‘istonda TikTok'ni bloklash masalasi allaqachon ko‘tarilgan. Joriy yilning aprel oyida Madaniyat va axborot vaziri Aida Balayeva Internetda noqonuniy kontent tarqatilayotganini aytgan edi.

Kiritildi: 14:50 03.10.2024. O'qildi: 1155 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!