Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Qozog‘istonda Qurbon hayiti uchun qurbonlikni onlayn amalga oshirish yo‘lga qo‘yildi

A A A
Qozog‘istonda Qurbon hayiti uchun qurbonlikni onlayn amalga oshirish yo‘lga qo‘yildi

Qozog‘istonda Qurbon hayiti uchun qurbonlikni onlayn amalga oshirish imkoniyati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda mamlakat bosh muftiysi Naurizbay Qoji Taganuliga tayanib Daryo nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kurban2024.kz sayti orqali xayrli ishni amalga oshirish mumkin. Sayt 18 iyungacha faoliyat yuritadi, unda qurbonlik qilinadigan hayvon go‘shti uchun to‘lov qilinadi. Bir yoshli qo‘chqorning narxi 70 ming tengedan boshlanadi. Yirik shoxli qoramollar — otlar, sigirlar, tuyalar — 350 dan 600 minggacha baholangan. Agar bu qimmatlik qilsa, hayvonning yetti qismidan faqat bittasi uchun to‘lov qilish mumkin.

Xuddi shu sayt orqali go‘sht olish uchun murojaat qilish imkoniyati mavjud. Buning uchun haqiqatan ham yordamga muhtojlik to‘g‘risidagi guvohnoma ilova qilinishi kerak.

Kiritildi: 13:38 13.06.2024. O'qildi: 1105 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!