Bugun 27 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Qozog‘istonda qor yog‘di

A A A
Qozog‘istonda qor yog‘di

Sharqiy Qozog‘iston viloyatida keskin sovuq kuzatildi, deb xabar beradi Kazinform.

Ridderda kecha tushdan keyin qor yog‘di, mahalliy aholi yog‘ingarchilik aks etgan videolarni e’lon qilishmoqda. Sinoptiklarning xabar berishicha, bugun tunda viloyat sharqida va shimolida yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik davom etadi.

“Ertaga, 29 may kuni viloyatning sharqiy qismida yomg‘ir yog‘ishi, kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan sekundiga 18 metr tezlikda esadi. Havo harorati kechasi +1 dan +6° gacha, sharq va shimoliy hududlarda -2° gacha sovuq tushishi mumkin», - deya aniqlik kiritdi “Qazgidromet”.

Bir kun avval Markako‘l tumanida termometr ko‘rsatkichi -6°S ga tushgan. Keyingi kechasi Ridder, Katon-Qorag‘ay, Glubokovskiy tumani va Markako‘lda yana salbiy havo harorati kutilmoqda.

Kiritildi: 23:01 28.05.2025. O'qildi: 950 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!