Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Qozog‘istonda jamoat joylarida yuzni berkituvchi kiyimlarga taqiq joriy etiladi

Qozog‘istonda jamoat joylarida yuzni berkituvchi kiyimlarga taqiq joriy etiladi

Qozog‘istonda jamoat joylarida yuzni to‘liq yopuvchi kiyimlarni kiyishga taqiq qo‘yishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ma’qullandi. Bu haqda Zakon.kz xabar bermoqda. Hujjat endi prezident imzosiga yuborildi.

Qonun loyihasida niqob, balaklava (yuzni to‘liq yopuvchi bosh kiyim) va shaxsni aniqlashga to‘sqinlik qiluvchi boshqa kiyim turlarini taqiqlash ko‘zda tutilgan. Hujjat matnida aniq qaysi kiyimlar nazarda tutilayotgani aytilmagan bo‘lsa-da, ekspertlar fikriga ko‘ra, bu qonun diniy kiyimlarga, jumladan, ayollar uchun mo‘ljallangan an’anaviy musulmon libosi — niqobga ham taalluqli bo‘lishi mumkin.

Qonun loyihasida ba’zi istisnolar ham nazarda tutilgan: agar yuzni yopuvchi kiyim qonunchilik talablariga binoan, tibbiy sabablarga ko‘ra, fuqaro muhofazasi ehtiyojlari uchun, ob-havo sharoitida yoki sport va madaniy tadbirlarda ishlatilsa, bu holatlar taqiq doirasiga kirmaydi.

Kiritildi: 10:18 26.06.2025. O'qildi: 715 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!