Qozog‘istonda IBA Jahon chempionatining g‘olib va sovrindor bokschilari yaxshigina mukofot bilan siylandi.
Bu haqda "Sport Shredingera" nashri xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Jahon chempioni Orazbek Asilqulov Ostona hokimiyatidan 2 million tenge, bronza medali sohibi Temirtas Jusupov esa 1 million tenge miqdorida mukofot puli olgan.
Jahon chempionatining yana bir g‘olibi Saken Bibosinovga Chimkentdagi o‘zi tahsil olgan Markaziy Osiyo innovasiya universitetida 2 million tenge pul mukofoti hamda ot sovg‘a qilingan.
JChning yana bir oltin medali sohibi Abilayxan Jusupov o‘zi tug‘ilib o‘sgan Abay shahridan kvartira bilan taqdirlangan.