Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qozog‘istonda hokimning o‘g‘li o‘quvchi qizni urdi. Qizning onasi jarimaga tortildi

Qozog‘istonda hokimning o‘g‘li o‘quvchi qizni urdi. Qizning onasi jarimaga tortildi

Qozog‘istonning Pavlodar viloyatida qizi hokimning o‘g‘li tomonidan kaltaklangan ona jarimaga tortildi. Bu haqda “informburo.kz” xabar berdi.

Viloyatdagi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tumanlararo sud shunday qaror qabul qilgan. Ayol farzand tarbiyasi bo‘yicha majburiyatlarini bajarmagani uchun javobgarlikka tortilgan. Sudda aniqlanishicha, uning qizi jamoat tartibini buzgan holda 6-sinf o‘quvchisini (hokimning o‘g‘lini) bezovta qilgan va janjal keltirib chiqargan. Natijada, o‘g‘il bola uning yuziga urgan.

Voqea bola fizika darsiga ketayotganida 7-sinf qiz va uning dugonasi bilan to‘qnashib ketganida yuz bergan. Qizlar bolaning yo‘lini to‘sib, tashqi ko‘rinishi va kiyimini masxara qilgan, o‘tib ketishiga to‘sqinlik qilib, qo‘lidagi ichimligini olib qo‘yishgan. Shundan so‘ng bola musht bilan javob qaytargan.

Sud jarayonida qiz ta’qib qilishda aybdor deb topilgan. O‘quvchilar o‘rtasida kelishmovchilik avval ham kuzatilgan. Biroq o‘shanda vaziyat jiddiy tus olmagan.

Sud barcha holatlarni ko‘rib chiqib, qizni mayda bezorilikda aybdor deb topgan, onasini bola tarbiyasi bo‘yicha majburiyatlarini bajarmagani uchun 51 688 tenge (115 dollar) jarimaga tortgan. Qozog‘iston Ta’lim vazirligi 6-sinfda o‘qigan bola Pavlodar viloyatidagi tuman hokimining o‘g‘li ekanini tasdiqlagan.

Kiritildi: 15:23 02.04.2024. O'qildi: 2193 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!