Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Qozog‘istonda boks bo‘yicha erkaklar terma jamoasi murabbiylar shtabi lavozimidan butunlay chetlatildi

A A A
Qozog‘istonda boks bo‘yicha erkaklar terma jamoasi murabbiylar shtabi lavozimidan butunlay chetlatildi

Qozog‘istonda boks bo‘yicha erkaklar terma jamoasi murabbiylar shtabi lavozimidan butunlay chetlatildi. Bu haqda Qozog‘iston boks federasiyasi xabar berdi.

Qozog‘iston boks federasiyasining qarori Qozog‘iston Respublikasi Turizm va sport vazirligining Sport va jismoniy tarbiya qo‘mitasi bilan kelishilgan.

Bosh murabbiy Mirzagali Aytjanov va murabbiylar shtabidan 10 nafar mutaxassis egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Qozog‘iston boks federasiyasi vise-prezidenti Aziz Kojambetov ham o‘z lavozimini tark etdi.

Qozog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan boks murabbiyi Tursingali Edilov Qozog‘iston boks federasiyasi prezidenti maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Yangi murabbiylar shtabi keyinroq tanishtiriladi.

Kiritildi: 00:10 15.08.2024. O'qildi: 1781 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!