Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Qozog‘istonda bedarak yo‘qolgan O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi

Qozog‘istonda bedarak yo‘qolgan O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi

2021 yilning qishida g‘oyib bo‘lgan 42 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘istonning Atirau viloyatida o‘lik holda topildi. Bu haqda “Tengrinews.kz” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, erkak Qizilqo‘g‘in tumani Kenbay qishlog‘idagi “Azamat” fermer xo‘jaligida cho‘pon bo‘lib ishlagan. 2021 yil 16 dekabr kuni u dashtga ketgan va qaytib kelmagan.

“Bir kunlik qidiruvlar hech qanday natija bermadi”, deyiladi xabarda.

Joriy yilning may oyida Qizilqo‘g‘in tumani Ichki ishlar boshqarmasi inspektori E.Sag‘itjonov o‘ziga biriktirilgan hududni ko‘zdan kechirish chog‘ida “Azamat” dehqon fermasidan uch kilometr uzoqlikda noma’lum shaxsning jasadini topgan.

Sud-tibbiy ekspertizasi marhumning o‘tgan yil oxirida g‘oyib bo‘lgan o‘sha cho‘pon ekanligini aniqladi. Erkakning o‘limi sabablari ma’lum emas.

Kiritildi: 22:41 25.05.2022. O'qildi: 3206 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!