Qozog‘istonning Arkaliq shahri yaqinida An-2 tez tibbiy yordam samolyoti qor bo‘roni vaqtida qattiq qo‘ndi.
Bu haqda Qo‘stanay viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
"Bugun kuchli qor bo‘roni sharoitida, Arkaliq shahridan 1,5 km uzoqlikda, aeroport yaqinida Qo‘stanaydan Arkaliq shahriga parvoz qilayotgan An-2 tez tibbiy yordam samolyoti qiyin qo‘nishni amalga oshirdi", — deyiladi xabarda.
Samolyotda ikki uchuvchi va ikki shifokor bo‘lgan. "Qutqaruvchilarning muvofiqlashtirilgan va tezkor harakatlari tufayli bortdagilarning barchasi tezda topilib, Arkaliq shahriga olib ketildi. Jabrlanganlar yo‘q. Hodisa holatlari aniqlanmoqda", — deyiladi boshqarmada.