Qozog‘iston Musulmonlari idorasi mamlakatda Ramazon oyining boshlanish sanasini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, 2025 yilgi Ramazon oyi 1 mart, shanba kunidan boshlanadi.
Shuningdek, qadr kechasi esa 26-27 mart oralig‘iga to‘g‘ri keladi. Ramazon hayiti esa 30 mart kuni nishonlanadi. Mamlakat Musulmonlari idorasi ma’lumotiga ko‘ra, bu yilgi Qurbon hayiti 6-8 iyun kunlari davom etadi.
"Hijriy oylarning boshlanishi xalqaro astronomik tadqiqot markazlari ma’lumotlariga asoslanadi. Fatvo mutaxassislari diniy bayramlarning aniq sanalari yangi oy munosabati bilan bir kunga yuqoriga yoki pastga siljishi mumkinligidan ogohlantirmoqda", - deyiladi xabarda.