Qozog‘iston 2025 yilda "Bayterek" kosmik majmuasidan birinchi raketani, yana ikkitasini 2026 va 2027 yillarda uchirishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda Senat yig‘ilishida vazir o‘rinbosari Do‘sjan Musaliyev ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, uchirishlar foydali yuksiz bo‘ladi. "Bayterek"da allaqachon texnik ishlar olib borilmoqda.
"2028 yildan boshlab to‘laqonli uchirmalar bo‘ladi. Ulardan har yili to‘rttasi bo‘lishi rejalashtirilgan. Ulardan uchtasi allaqachon Rossiya tomoni tomonidan kafolatlangan. "Bayterek" bo‘yicha o‘zaro hamkorlik Rossiya bilan alohida hukumatlararo kelishuv doirasida amalga oshiriladi", - dedi Musaliyev.
“Bayterek” loyihasiga ko‘ra, Qozog‘iston uchirish maydonchasini yangilash, Rossiya esa “Soyuz-5” raketalarini ishlab chiqish va yaratish uchun javobgardir. Raketa kosmodromga oktyabr oyida yetkaziladi.