Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qozog‘iston Xitoy bilan birga ming kilometrdan uzunroq temir yo‘l quradi

Qozog‘iston Xitoy bilan birga ming kilometrdan uzunroq temir yo‘l quradi

Qozog‘iston hukumati Xitoy bilan hamkorlikda yaqin uch yil ichida 1,3 ming kilometr yangi temir yo‘l yotqizishni rejalashtirmoqda, dedi Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Pekinda “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi uchinchi xalqaro hamkorlik forumida so‘zga chiqib. “Qozog‘iston va Xitoy xalqlarimizning tub manfaati, do‘stlik va abadiy strategik sheriklik ruhidan kelib chiqib, “Bir makon, bir yo‘l” yuksak maqsadlarini yanada ilgari surish yo‘lida qat’iy sodiqdir.

Uch yil ichida 1,3 ming kilometr yo‘l qurish, Xitoy chegarasida uchinchi temir yo‘l o‘tkazish punktini ochish, shuningdek, yangi quruq portlar barpo qilish rejalashtirilmoqda”, - dedi Toqayev. Bularning bari Qozog‘istonning yirik iqtisodiy loyihalarini jahon bozori bilan bog‘lash bo‘yicha real loyihalar ekani ta’kidlandi.

Qozog‘iston Prezidenti so‘zlariga ko‘ra, loyiha doirasida tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirish uchun faol qo‘shma loyihalar amalga oshirish zarur. “Biz tarif siyosatini uyg‘unlashtirib, sarmoyaviy hamkorlik uchun qulay shart-sharoit yaratishimiz kerak. “Raqamli ipak yo‘li” tashabbusi doirasidagi sheriklik, aslida, yangi global loyiha bo‘lib, keng imkoniyatlar ochadi. Raqamli va intellektual hamkorlikning yangi modeli iqtisodiyotlarimiz innovasion rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shadi”, - dedi Qozog‘iston rahbari.

Kiritildi: 15:09 18.10.2023. O'qildi: 3732 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!