Bugun 22 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Qozog‘iston va Tojikistonga ID karta orqali o‘tish imkoniyati yaratiladi

A A A
Qozog‘iston va Tojikistonga ID karta orqali o‘tish imkoniyati yaratiladi

Shavkat Mirziyoyev 20 noyabr kuni Qonunchilik palatasi majlisida Qozog‘iston va Tojikistonga ham ID-karta orqali o‘tish imkoniyati yaratilishini ma’lum qildi. Bu haqida prezident matbuot kotibi xabar berdi.

Hozirgi vaqtda fuqarolarimiz Qirg‘izistonga ID-karta bilan bemalol borib-kelmoqda. Endi shunday tartibni Qozog‘iston va Tojikiston bilan ham joriy etish rejalashtirilgan, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari O‘zbekistonni har tomonlama rivojlantirish uchun samarali tashqi siyosat olib borish, do‘st va hamkorlar doirasini kengaytirish, yaqin qo‘shnilar bilan mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirish o‘ta muhim vazifa ekanligini aytdi. Shu maqsadda prezident Tashqi siyosat konsepsiyasini yangi tahrirda qabul qilish zarurligini ta’kidladi.

Qayd etilishicha, Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash tashqi siyosatda ustuvor yo‘nalish bo‘lib qoladi. Kelgusi yili yurtimizda bo‘lib o‘tadigan «Markaziy Osiyo beshligi» uchrashuvi shu yo‘ldagi yana bir ulkan amaliy qadam bo‘ladi.

Kiritildi: 19:42 20.11.2024. O'qildi: 1608 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!