Qozog‘iston va Rossiya Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII) hamda uchinchi davlatlar bozorlarida qishloq xo‘jaligi sohasida o‘zaro raqobat qilmasligi kerak. Bu haqda Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi mintaqalararo hamkorlik forumida qatnashuvchilariga qilgan murojaatida so‘z ochdi.
“Agrosanoat sohasida mamlakatlarimiz haqiqatan ham ulkan eksport salohiyatiga ega. Mamlakatlarimiz YEOII bozorida va eksport bozorlarida o‘zaro raqobat qilmasligi kerak, chunki bu integrasiya va umumiy hamkorlikka sezilarli zarar yetkazadi. Muzokaralar davomida ushbu masalaga katta e’tibor qaratdik va umumiy tushunishga erishdik”, dedi To‘qayev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston va Rossiya birgalikda harakat qilib, uchinchi davlatlar bozorlariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib beruvchi asosiy oziq-ovqat markaziga aylanishi mumkin. Bugungi kunda Xitoy mamlakat mahsulotlarining ishonchli hamkori va barqaror iste’molchisi bo‘lib qolmoqda.
Shuningdek, To‘qayev Moskvaga Qozog‘iston bilan birgalikda “sharqiy qo‘shni” bilan savdo hajmini oshirish uchun bir-birini to‘ldirishni taklif qildi. Bundan tashqari, u Rossiyaning agrosanoat kompleksini rivojlantirish, importni almashtirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish borasida katta yutuqlarga erishganini ta’kidladi.