Yaqin Sharqdagi vaziyatning yomonlashuvi munosabati bilan Qozog‘iston fuqarolari va ularning oila a’zolari Livandan evakuasiya qilindi, deb xabar berdi Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati
TIV ma’lumotlariga ko‘ra, ular Istanbul va Dubay orqali olib chiqilgan. Evakuasiya 17-oktabrdan 31-oktabrgacha amalga oshirilgan.
«41 kishi Bayrutdan Ostona va Olmaotaga eson-omon qaytdi», — deyiladi vazirlik xabarida.
Oktyabr oyi boshida Tashqi ishlar vazirligi Livan va Isroildagi qozog‘istonliklarni imkon qadar tezroq o‘z elchixonalari bilan bog‘lanib, bu davlatlarni tark etish niyati bor-yo‘qligi haqida xabar berishga chaqirdi. O‘shanda Livanda 139 nafar qozog‘istonlik bo‘lgan.