Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Ermek Sagimbayev Prezident Qosim-Jomart Toqayevga departamentning joriy yildagi asosiy yakunlari to‘g‘risida hisobot berdi.
KNB xodimlari to‘rtta terakt tayyorlashning oldini oldi va terrorchilik faoliyatida gumon qilingan 44 kishini qo‘lga oldi. Shuningdek, departament tomonidan ekstremizm va terrorizm uchun 84 kishi sudlangan. Suriya va Turkiyadan olti nafar qozog‘istonlik ekstradisiya qilingan, ulardan ikki nafari allaqachon sudlangan.
Terrorchilik va ekstremistik faoliyatga aloqador 824 nafar xorijliklarning Qozog‘istonga kirishga urinishlariga chek qo‘yildi.
Bundan tashqari, Milliy xavfsizlik qo‘mitasi tomonidan 33 ta narkotik laboratoriyasi tugatilib, 35 ta xalqaro va 31 ta mintaqaviy narkotik moddalar savdosi kanallari to‘silgan.
«Davlat chegarasida 55 mingga yaqin huquqbuzar qo‘lga olindi, qurol-yarog‘, o‘q-dorilar, giyohvandlik vositalari va boshqa taqiqlangan narsalarni olib o‘tishga 1300 dan ortiq urinishlarga chek qo‘yildi. 18 milliard tengelik valyuta va 66 milliard tengelik tovarlarni chegaradan noqonuniy olib o‘tishning oldi olindi. Noqonuniy migrasiyaning 20 ta kanali zararsizlantirildi», — deyiladi xabarda.
Kiberxavfsizlik sohasida 552 milliondan ortiq kiberhujumlarning oldi olindi, jumladan, davlat tizimlariga 6 ming DDoS hujumi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Tokayev milliy xavfsizlik organlari faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha qator topshiriqlar berdi.