Qozog‘istonning Ozarbayjon orqali ilk bor Qashag‘on neftini jo‘natishi Markaziy Osiyo energetika yo‘nalishlarida ulkan burilishni anglatadi, chunki mamlakat quvurlar bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish orqali Rossiya tranzitiga qaramligini 80 foizdan ziyod kamaytirmoqda.
New Voice xabar berishicha, KazMunayGas milliy neft-gaz kompaniyasi ma’lum qilganidek, Qozog‘iston Qashag‘on neft konidan birinchi neft tankerini Boku-Tbilisi-Jayxon (BTJ) quvuri orqali tashish uchun Ozarbayjonga jo‘natdi.
Qozog‘istonning yaqinda Ozarbayjon orqali Qashag‘on konidan ilk neft jo‘natmasini yuborish to‘g‘risidagi qarori uning Rossiya tranzit yo‘nalishlariga qaramligini kamaytirish bo‘yicha keng qamrovli strategiyaning bir qismidir. Ushbu qadam Qozog‘istonning Rossiya yo‘nalishlariga bog‘liqligini pasaytirishi va Rossiya orqali neft jo‘natmalarini 80 foizdan ko‘proqqa qisqartirishi kutilmoqda.
"Qashag‘ondan neftning birinchi partiyasi Boku portiga jo‘natildi. Qashag‘on neftini tashiyotgan Qozog‘istonning "Taraz" tanker kemasi Aktau portidan Bokuga yo‘l oldi. Keyinchalik neft Boku-Tbilisi-Jayxon quvur tizimi orqali O‘rta yer dengiziga yetkazib beriladi," deya xabar qildi KazMunayGas.
Neft eksporti yo‘nalishlarini xilma-xil qilish maqsadida Qozog‘iston o‘tgan yili BTJ quvuri orqali jo‘natmalarni boshladi. "KazMunayGas" va Ozarbayjonning davlat neft kompaniyasi SOCAR o‘rtasida quvur orqali yiliga 1,5 million tonna Qozog‘iston neftini tashish bo‘yicha kelishuv imzolandi.
2024 yil mart oyida KMG va SOCAR Ozarbayjon orqali neft tranziti hajmini yiliga 2,2 million tonnagacha bosqichma-bosqich oshirishga kelishib oldi.
Shu bilan bir vaqtda, Kaspiy dengizi orqali Ozarbayjonga Qashag‘on konidan birinchi sinov tariqasida neft jo‘natildi. Dunyo okeanlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoniyatiga ega bo‘lmagan Qozog‘iston ushbu yo‘nalishlarga tayanadi.