Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Qozog‘iston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni milliy jamoa jahon chempionatiga chiqqani bilan tabrikladi (VIDEO)

Qozog‘iston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni milliy jamoa jahon chempionatiga chiqqani bilan tabrikladi (VIDEO)

Bir necha kun oldin O‘zbekiston terma jamoasi JCH-2026 uchinchi saralash bosqichini muvaffaqiyatli yakunlab, mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

17 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ostonaga uchib bordi. U yerda "Markaziy Osiyo - Xitoy" ikkinchi sammiti bo‘lib o‘tdi.

Sammit mezboni Qasim-Jomart Toqayev milliy jamoa jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqqani bilan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevni qutladi.

"Hurmatli Shavkat Miromonovich Mirziyoyevga so‘z berishdan avval, O‘zbekiston Respublikasi prezidentini sport sohasidagi tarixiy yutuq - O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati final bosqichiga chiqishi bilan chin yurakdan tabriklamoqchiman" - dedi Qozog‘iston prezidenti.

Sammitga yig‘ilgan barcha O‘zbekiston Respublikasi prezidentini qarsaklar bilan qutlashdi.

Kiritildi: 16:58 18.06.2025. O'qildi: 804 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!