Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Qozog‘iston prezidenti atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha referendum sanasini e’lon qildi

Qozog‘iston prezidenti atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha referendum sanasini e’lon qildi



Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev atom elektr stansiyasi (AES) qurilishi bo‘yicha referendum sanasini e’lon qildi.

Bu haqda «Report»ning Qozog‘iston byurosi xabariga ko‘ra, respublika parlamenti ikki palatasining yig‘ilishida ma’lum bo‘ldi.

«6 oktyabr kuni referendum bo‘lib o‘tadi», dedi Toqayev Qozog‘iston xalqiga murojaati chog‘ida.

Bir hafta oldin hukumat ushbu masala bo‘yicha Energetika vazirligi loyihasini qabul qildi.

Prezident imzo chekkan va sana e’lon qilinganidan keyin hujjat Markaziy saylov komissiyasiga (MSK) yuboriladi. O‘z navbatida MSK referendumga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ish boshlaydi.

Qayd etish joizki, Qozog‘istonda atom elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha to‘rtta kompaniya o‘z texnologiyalarini taklif qilmoqda: Xitoyning CNNC kompaniyasi HPR1000 reaktoriga ega; APR1000 va APR1400 reaktorlari bilan Koreya KHNP; VVER-1200 bilan rus Rosatom; EDF1200 texnologiyasi bilan fransuz EDF.

Kiritildi: 12:27 02.09.2024. O'qildi: 872 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!