Qozog‘iston parlamenti O‘zbekiston bilan mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikasiya qildi.
Agar mahkumning o‘zi xohlasa, unga yana bir muddat qamoq jazosini o‘z vatanida o‘tashga ruxsat beradi.
Bugungi kunda Qozog‘istonda 486 nafar O‘zbekiston fuqarosi jazo muddatini o‘tamoqda. O‘zbekiston qamoqxonalarida 20 nafar qozog‘istonlik bor.
"Ko‘p hollarda boshqa davlatda jazo o‘tayotganlar tilni, mahalliy urf-odatlarni bilmaydi. Qarindoshlari va do‘stlaridan uzoqda bo‘lgani uchun bunday odamning jamiyatga moslashishi qiyin. Oila bilan muloqot qilish, yaqinlari bilan uchrashish insonga yordam beradi. shubhasiz, mahkumga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi», - dedi Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Aset Chindaliyev.