Qozog‘iston noyob yer metallarini qayta ishlash bo‘yicha o‘z sanoatini yaratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat sanoat va qurilish vaziri Yersayin Nagaspayev ma’lum qildi.
Uning aytishicha, Qozog‘iston geologik qidiruv va konchilikdan tortib, xomashyoni qayta ishlash hamda tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan to‘liq ishlab chiqarish tizimini yo‘lga qo‘ymoqchi.
Ayniqsa, yuqori texnologiyali sohalar uchun zarur bo‘lgan materiallarni mamlakatning o‘zida qayta ishlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, Qozog‘iston muhim mineral resurslarni boshqarish tizimini yaratish va strategik ahamiyatga ega minerallar ro‘yxatini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda.