Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qozog‘iston koronavirusga qarshi birinchi vaksinani oldi

Qozog‘iston koronavirusga qarshi birinchi vaksinani oldi

Qozog‘iston milliy agrar universitetining Xalqaro vaksinasiya markazi (Olma-ota, Qozog‘iston) Avstraliyaning koronavirusga qarshi COVAX-19 deb nomlangan birinchi vaksinasini oldi. "Xabar-24" yangiliklar portaliga ko‘ra, vaksinani markaz direktori Qaysar Tabinov qabul qilib olgan.

Manbaga ko‘ra, COVAX-19 vaksinasi Avstraliyada ishlab chiqarilgan va hali ham klinik sinovlarning birinchi bosqichida.

TASS axborot agentligining qayd etishicha, 30 iyul kuni Qozog‘iston mahalliy mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan vaksinaning klinik oldi sinovlari muvaffaqiyatli yakunlangani haqida xabar bergan. Klinik sinovlar sentyabr oyida boshlanishi kerak edi.

Jons Xopkins universitetining so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda 90 367 ta koronavirus holati qayd etilgan. 793 kishi vafot etgan.

Kiritildi: 19:41 01.08.2020. O'qildi: 7851 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!