Qozog‘iston Respublikasi Milliy xavfsizlik qo‘mitasi xodimlari tomonidan jazoni ijro etish tizimi muassasasida terrorchilik harakatini tayyorlashda gumon qilingan shaxs hamda uning sheriklari qo‘lga olindi.
Bu haqda Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, koloniyalar Olmaota, Qo‘stanay viloyatlari va Jetisu viloyatida tekshirilgan. Radikal diniy mafkura tarafdorlarining 10 nafari faoliyatiga chek qo‘yildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, sudlanuvchilardan biri qamoqda bo‘lgan vaqtida terakt tayyorlagan, qolganlari esa terrorchilik mafkurasi targ‘ibotida qatnashgan, shuningdek, tashkilotga ishlash uchun odamlarni jalb qilgan.